14:18 / 13.08.2021
1 931

«Bek to‘pi» ro‘parasida avtokran va yuk avtomobili to‘qnashdi

«Bek to‘pi» ro‘parasida avtokran va yuk avtomobili to‘qnashdi
Bugun, 13 avgust kuni soat 05:30larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, THAY ko‘chasida joylashgan "Bek to‘pi" savdo markazi ro‘parasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

IIV YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan N.I. boshqaruvidagi "Volvo" rusumli yuk avtomobili hamda haydovchi, 1988 yilda tug‘ilgan A.F. boshqaruvidagi "Zoomlion" rusumli avtokran ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada avtokran haydovchisi A.F.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, hodisa joyida tirbandliklarni bartaraf qilish choralari ko‘rilayotgani aytilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat