Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ZF-UZ-VAC-2001 xitoy—o‘zbek vaksinasi bilan emlangan fuqarolar xorijga chiqa olish-olmasligi borasidagi savollarga javob berdi, deb yozadi «Xalq so‘zi online».
- "Boshqa davlat fuqarosi sifatida siz borayotgan davlat talablariga rioya qilishingiz kerak bo‘ladi va albatta, shu davlatlarda belgilangan vaksinalar ro‘yxati bo‘yicha emlanib borishingiz maqsadga muvofiq.
Bunday holatda chet el fuqarosi sifatida shu davlat aholisi orasida COVID-19 kasalligini tarqatuvchisi bo‘lmasligingiz juda muhim hisoblanadi.
Hozirda O‘zbekiston—Xitoy vaksinasini 1-bosqichi bilan emlangan bo‘lsangiz, shu vaksina bilan to‘liq emlanishingiz talab etiladi. Bu vaksina ro‘yxatiga kiritilgan davlatlar ham ko‘p, shu davlatlarga bemalol borishingiz mumkin.
Agar siz reja qilgan davlatning ro‘yxatida bu vaksina bo‘lmasa, to‘liq vaksinatsiyadan o‘tgandan so‘ng 3-6 oy o‘tib, oilaviy shifokorga uchrashishingiz, organizmdagi hosil bo‘lgan antitanalar va salomatligingiz holati baholangan holda mos keladigan turdagi vaksinani olishingiz mumkin", - deydi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi