date
views 2 171

Andijonda xavfli manyovrlar qilgan Spark avtomobili jarima maydonchasiga qo‘yildi

Andijonda xavfli manyovrlar qilgan Spark avtomobili jarima maydonchasiga qo‘yildi
Foto: Telegram
Ijtimoiy tarmoqda Spark avtomobili haydovchisi turli xavfli manyovrlar bilan boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bergani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan YHXBB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 11 sentabr kuni «O‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘yib yurgan kim bo‘ldi?» sarlavhasi ostida video tarqaldi. Holat bo‘yicha olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida Spark avtomobili haydovchisi, 1994 yilda tug‘ilgan T.Q.ga nisbatan belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtirildi.

«Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz. Yo‘l – o‘yin maydoni emasligini unutmang!», – deyiladi boshqarma xabarida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda xavfli manyovrlar qilgan Spark avtomobili jarima maydonchasiga qo‘yildi