O‘zbekistonda 11 sentabr kuni 594 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 164 364 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Mamlakatda kunlik kasallanish bo‘yicha 600 kishidan past ko‘rsatkich so‘nggi bor 7 sentabr kuni qayd etilgandi — o‘shanda 597 kishida COVID-19 tasdiqlangan.
Yangi kasallanish holatlarining
- 68 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 19 nafari Andijon viloyatida,
- 14 nafari Buxoro viloyatida,
- 13 nafari Jizzax viloyatida,
- 8 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 9 nafari Navoiy viloyatida,
- 20 nafari Namangan viloyatida,
- 73 nafari Samarqand viloyatida,
- 12 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 19 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 57 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 16 nafari Xorazm viloyatida,
- 85 nafari Toshkent viloyatida,
- 181 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu kuni jami 585 kishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 73 nafar, Buxoro viloyatida 11 nafar, Jizzax viloyatida 25 nafar, Qashqadaryo viloyatida 10 nafar, Navoiy viloyatida 16 nafar, Namangan viloyatida 23 nafar, Surxondaryo viloyatida 20 nafar, Farg‘ona viloyatida 70 nafar, Xorazm viloyatida 22 nafar, Toshkent viloyatida 98 nafar, Toshkent shahrida 217 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 156 495 nafarga yetdi.
Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1153 nafarni tashkil qildi.
Foto: SSV matbuot xizmati
Bundan tashqari, 11 sentabr kuni 122 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 25 382 nafarga yetdi. So‘nggi sutkada ularning 284 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 19 575 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, 1 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 204 nafarga yetdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Saudiyadagi sammitda Isroil va Hamas o‘rtasida muzokaralarni tiklashga harakat qilinmoqda
Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim"
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi