Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkabog‘ tumani 39-maktab o‘quvchilariga polda dars o‘tilgani haqida videotasvir keng tarqalgandi. Videoyozuvda qayd etilgan holatlar viloyat prokuraturasi tomonidan tegishli mutaxassislar ishtirokida o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Yakkabog‘ tumani «Qayrog‘och» MFYda joylashgan 39-sonli umumta’lim maktab binosi 420 o‘quvchi o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 1974 yilda qurilgan. Maktab binosini ta’mirlash uchun 2021 yilda 3 mlrd 102 mln 400 ming so‘m ajratilgan, qurilish-ta’mirlash ishlari «Avangard gidro-ekspress» MCHJ tomonidan olib borilib, 10.09.2021 yilda yakunlangan.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maktab binosiga qurilish ishlari yakunida 27 ta sinfxona uchun 405 ta parta, direktor, uning o‘rinbosari xonalariga 1 to‘plamdan hamda o‘qituvchilar xonasiga 2 to‘plamdan zaruriy jihozlar yetkazib berilishi belgilangan bo‘lib, qurilish ishlari yakuni bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilayotgani sababli, 08.09.2021 yilga qadar jihozlar yetkazib berilmagan. Shu sababli, maktab ma’muriyati tomonidan eski jihozlardan foydalanilib, o‘quv yili boshlangan.
O‘rganishda umumta’lim maktabiga barcha zaruriy jihozlar yetkazib berilishi ta’minlandi. O‘qituvchilar N.S. va O.S.larning maktab direktori bilan dars taqsimoti masalasida yuzaga kelgan kelishmovchiligi sababli, o‘quv yili boshlangan kunlari maktabda mavjud jihozlangan xonalarda dars o‘tish imkoniyati bo‘la turib, maktab ma’muriyatining tashkiliy masalalardagi kamchiliklarini ijtimoiy tarmoqlarda bo‘rttirib ko‘rsatish maqsadida 5 «a»-sinf o‘quvchilariga partalar joylashtirilmagan xonada dars o‘tilgan.
O‘qituvchilar N.S va O.S.lar ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatishga uringanlari uchun ularga maktab pedagoglari va kasaba uyushma a’zolarining qo‘shma yig‘ilishi qarori bilan hayfsan intizomiy jazosi berildi.
Shuningdek, tekshiruv natijasi bo‘yicha maktabning o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish va o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil qilishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan maktab direktori Sh.Q. o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.X. va xo‘jalik mudiri J.J.larga nisbatan intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan