16:08 / 24.09.2021
1 451

Paratsetamol qabul qilish ayrimlar uchun zararli — xalqaro olimlar guruhi

Paratsetamol qabul qilish ayrimlar uchun zararli — xalqaro olimlar guruhi
Xalqaro olimlar guruhi homiladorlik paytida paratsetamol qabul qilish homila rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aniqladilar. Tadqiqot natijalari haqida "Nature Reviews Endocrinology" tibbiy portalida maqola e’lon qilindi.

Olimlar epidemiologik tadqiqotlar, hayvonlar va hujayralar bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tajribalar natijalarini tahlil qilishdi. Paratsetamol ularning homilasining shakllanishiga to‘sqinlik qilishi, shuningdek, reproduktiv va urogenital tizimlar, nevrologik rivojlanishning buzilishiga olib kelishi mumkin degan xulosaga kelishdi.

Shu bois mutaxassislar homilador ayollarni paratsetamolni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishni tavsiya qilishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Paratsetamol qabul qilish ayrimlar uchun zararli — xalqaro olimlar guruhi
[/banner_pushhouse