
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev andijonlik saylovchilar bilan uchrashuvda 2017 yili mudofaa vaziri Qobul Berdiyevni nega ishdan olganini aytib o‘tdi.
«Prezident bo‘lganimning ilk yilida bir harbiy qismga bordim, desantchi askarlar bilan suhbatlashdim. Qoida bo‘yicha desantlar tez-tez parashyutda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishi kerak. Lekin bir askardan «oxirgi 1 yilda necha marta parashyutdan sakragansan?» deb so‘rasam, «O‘rtoq bosh qo‘mondon, bir marta ham sakramadim, chunki parashyut yo‘q» deb aytdi. Bu sharmandalik-ku.
Yoki Kattaqo‘rg‘ondagi harbiy qismda tank haydashni bilmaydigan mexanikni ko‘rdim. Iya, bu qanaqasi? Shundan so‘ng mudofaa vaziri Qobul Berdiyevni ishdan oldim.
Mana endi joriy yilda ARMI-2021 tanlovida 42 mamlakatning armiyasi orasida 2-o‘rinni oldik. Tankchilarimiz o‘z yo‘nalishida 1-o‘rinni olishdi», — dedi davlat rahbari. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar