2 101
O‘zbekistonda 10 dan ortiq bukmekerlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi veb-saytlar bloklandi
O‘zbekistonda 10 dan ortiq bukmekerlikka aloqador saytlarga kirish cheklandi, deya xabar bermoqda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi.
O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyati noqonuniy hisoblanadi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 191-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar), shuningdek, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish)ga binoan bu turdagi faoliyat hali ham noqonuniy hisoblanadi.
Shu bilan birga «Reklama to‘g‘risida»gi qonunning 6-moddasiga ko‘ra, reklamada ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonunchilik bilan taqiqlangan mahsulot to‘g‘risidagi axborotni, jumladan, totalizator va bukmekerlik idoralari haqidagi ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanadi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xodimlari muntazam ravishda internet tarmoqlarida joylashtirilayotgan reklama ma’lumotlarining reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini o‘rganib bormoqda.
Agentlikning qayd etishicha, o‘tgan davr mobaynida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda 10 dan ortiq noqonuniy faoliyat yurituvchi saytlarga kirish cheklangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi