
Kadr: Telegram
Jizzax viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir necha ayol o‘rtasida yuzaga kelgan janjal videosi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zaro janjallashayotgan ayollardan birini ajratishga uringan erkak ulardan birining sochini yulib olgani tasvirlangan.
Ma’lum qilinishicha, videodagi holat G‘allaorol tumani «Do‘stlik» mahallasida ro‘y bergan. Nizoga 8 yoshli bolaning fuqaro tomonidan quritishga qo‘yilgan adyolga loy oyog‘ini artishi sabab bo‘lgan. Buni ko‘rgan adyol egasi bolani qarg‘agan va janjal kelib chiqqan.
Voqea joyiga ikki nafar profilaktika inspektori yetib borib, kelishmovchilikni bartaraf qilish choralarini ko‘rgan. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar