
Bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda To‘raqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tezkor tadbir davomida fuqaro J.U. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtotransport vositasining salonida xorijda ishlab chiqarilgan 336 million so‘mlik 11 200 dona “Regapen 300mg” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar