«Qizil tanga» jamoasi «Kim tezroq: velosipedmi yoki jamoat transporti?» nomi ostida tajriba o‘tkazdi. Tajribaga ko‘ra ikki talabaning biri velosipedda, ikkinchisi avtobusda A nuqtadan B nuqtaga bir vaqtning o‘zida yo‘lga tushishdi.
Muzaffarxon Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2-bosqich talabasi: «Har kuni ertalab bir necha kilometrga vilosepedda borib kelaman. Eng avvalo, tanamga kuch-quvvat kiradi, kayfiyatim ham ko‘tariladi. Umuman olganda, velosipedda uchish juda zo‘r mashg‘ulot. Ammo buni ayrimlar tushunushmaydi», deydi tajriba ishtrokchisi.
Madina esa O‘zbekiston Milliy universiteti 1-bosqich talabasi. U tajribada ishtrok etishga rozi bo‘lar ekan, har kuni o‘qishga avtobusda borishi, uyga ham aynan mana shu transport vositasi orqali qaytishi haqida aytdi.
«Chunki yo‘nalishi qulay. Chipta narxi arzon. To‘g‘ri, ayrim paytlar kechikib keladi. Kutaverib bekatda zerikib ham ketaman», deydi u.
Tajribaning sharti oddiy edi. Ikki ishtrokchi bir vaqtning o‘zida avtobus bekatidan biroz yiroqda yo‘lga tushishdi. Eng asosiysi, manzilga yetib olish.
Velosiped haydovchisiga biroz qiyin bo‘lishi tayin edi. Chunki shahar ko‘chalarida velosiped uchun maxsus yo‘lakchalar juda kam. Katta avtomobil yo‘lida esa xavfsizlik choralarini ko‘rish va yo‘lda ehtiyot bo‘lib harakatlanish lozim.
Qayd etish joiz, xorijda, ayniqsa, Yevropada velosipedda ishga, o‘qishga borish oddiy holat. Ular uzoq masofaga aynan mana shu transport vositasida qatnashni ma’qul ko‘rishadi. Chunki velosipedda harakatlanish inson salomatligi uchun ham juda foydali. O‘zbekiston aholisining aksar qismi avtobusda yurishni afzal ko‘radi. Ammo ko‘p hollarda avtobus ichi yo‘lovchilar bilan to‘la bo‘ladi. Chunki erta tongdan hamma ishga yoki o‘qishga shoshadi. Avtobusdagi barcha o‘rindiqlar band bo‘lsa ham, odamlar manziliga tezroq yetib olish uchun tiqilinchga qaramay avtobusga chiqaverishadi.
Tajribaga qaytadigan bo‘lsak. Ishtirokchilar 4 km masofani 15 daqiqa ichida bosib o‘tishdi - velosiped haydovchisi avtobus bilan bir vaqtda ko‘zlangan manzilga yetib keldi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, agar shahrimizning barcha hududlarida velosiped yo‘laklari bo‘lsa, bu transport vositasida harakatlanish yanada qulayroq, tezroq va xavfsizroq bo‘lar edi. Shunda ko‘proq odamlar ish yoki o‘qishga qatnashda velosipedni tanlashadi. Shahar ahli esa bundan faqat foyda ko‘radi: ekologiyaga kamroq zarar berilib, jamoat transportida kamroq nizolar bo‘ladi, sog‘lom va baxtiyor odamlar soni ko‘payadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi