Farg‘ona viloyatida salkam 685 mln. so‘m pulni noqonuniy ravishda egallab, talon-taroj qilib, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan 7 ta xakerga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi.
Voqea 2020 yil dekabrda boshlangan. "Zamon" dasturiga ko‘ra, Usmonov va Obidov bank tizimiga ruxsatsiz kirib, pul o‘marishga kirishgan. Ularning bunday yo‘l tutishiga "Humo" plastik kartasidagi nosozlik turtki bo‘lgan.
Ular dastlab bank hisobraqamidan bitta plastik kartaga 104 mln. so‘m, yana boshqa kartaga 16,7 mln., jami 121 mln. so‘mdan ortiq pulni o‘tkazishgan.
Shuningdek, Usmonov jinoiy ishini davom ettirib, bir necha kundan keyin yana 4 kishini bu ishga jalb qilgan. Ular bir necha plastik kartalarga jami 564,9 mln. so‘mni bank hisobraqamidan o‘g‘rincha o‘tkazishgan va shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Toshloq tumani sudida ayblanuvchilarning ishi ko‘rib chiqildi. Ular Jinoyat kodeksining 169-moddasiga binoan aybdor deb topildi va sud hukmi e’lon qilindi. Hukmga ko‘ra, ularning 4 nafariga 5 yildan ortiq muddatga, bittasi 3 yildan ortiq ozodlikdan mahrum qilingan. Ikki nafariga davlat hisobiga oylik maosh to‘lash sharti bilan axloq tuzatish kaloniyalariga hukm qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi