11:30 / 18.10.2021
1 476

Prezident o‘z ko‘krak nishoniga ega bo‘ladi

Prezident o‘z ko‘krak nishoniga ega bo‘ladi
Bugun, 18 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Majlisda «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha kiritish haqida»gi Qonun loyihasi muhokama qilingan. Qonun loyihasini deputatlarga adliya vaziri Ruslanbek Davletov taqdim qildi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farqlovchi belgilari, ya’ni ko‘krak nishoni va shtandarti (bayrog‘i) yuzasidan qoidalar kiritilmoqda.

Xorijiy davlatlarda Davlat rahbarining ko‘krak nishoni va shtandarti yangi saylangan Prezidentga qasamyod qabul qilgandan keyin topshirilishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ushbu masalalar tartibga solinmaganligi bois, qonunchilikni tegishli mazmundagi norma bilan to‘ldirish taklif etilmoqda.

Ushbu tartib lavozimga saylangan shaxsni prezidentlik lavozimiga yuklatilgan murakkab vazifalarni samarali amalga oshirishiga xalq va jamiyat tomonidan bildirilgan ishonch belgisi sifatida xizmat qilishi ta’kidlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident o‘z ko‘krak nishoniga ega bo‘ladi