2 052
DXX akademiyasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qish uchun arizalarni qabul qilish boshlandi
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 apreldagi 241-son qaroriga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilida Amir Temur nomidagi Davlat xavfsizik xizmati (DXX) akademiyasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga nomzodlarni saralab olish bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.
Tanlovda mazkur qaror talablariga muvofiq, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoki o‘tayotgan, shu jumladan, harbiy xizmatga chaqiriluvchi bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari, erkak jinsidagi, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan, bo‘yi 170 santimetrdan past bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlar dxx.dtm.uz rasmiy veb-sayti orqali 2021 yilning 10 noyabr sanasiga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma yuqoridagi veb-saytda keltirilgan.
Amir Temur nomidagi DXX akademiyasi
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi