Foto: AOKA
Aksilmonopol qo‘mita benzin narxi oshishida “manipulyatsiya holatlari” aniqlanganini ma’lum qildi. Qo‘mita raisi o‘rinbosari “kerakli choralar” ko‘rilishi, yaqin 10 kun ichida narxlarda “o‘zgarish bo‘lishi”ni aytdi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Qoraboyev 16 noyabr kungi matbuot anjumanida benzin narxi bo‘yicha berilgan savolga javob berdi.
“Monopoliya qarshi kurashish qo‘mitasi bu vaziyatda tomoshabin bo‘lib o‘tirgani yo‘q, narxlarga ta’sir quluvchi omillar o‘rganildi, aniq choralar ko‘rilyapti.
Bitta narsani tushunishimiz kerak, qayerda bozor mexanizmlari asosida tabiiy o‘sish kuzatilgan bo‘lsa, biz unga ta’sir ko‘rsata olmaymiz. Lekin sun’iy ravishda yuzaga keltirilgan, kelishib qilingan, manipulyatsiya harakatlariga ta’sir ko‘rsatish mumkin.
Benzin narxi oshishida ham manipulyatsiya holatlari, arzon narxdagi benzinni sun’iy ravishda annulyatsiya qilish alomatlari aniqlandi. Bunga albatta kerakli choralar ko‘riladi.
Narxlarni barqarorlashtirish, tushirish bo‘yicha harakatlar davom etyapti; bu – vaqt talab qiladigan masala, lekin yaqin kunlarda narxlarda o‘zgarish bo‘ladi.
Ayni paytda bozorni to‘yintirish, arzon narxlar asosida kichik xaridorlarga imkoniyat berish masalasiga e’tibor qaratilyapti. Chunki hozir nima bo‘lyapti? Yirik, ulgurji xaridorlar juda kichik rentabellikka ishlaydi, ularning savdo jarayonida balandroq taklif berish imkoni ko‘proq.
Shuning uchun ham lotlar kichik hajmda qilinmoqda, bundan maqsad – oddiy AYOQSHlarning benzinni olishi va zaxirasini to‘ldirishiga imkoniyat yaratishdan iborat. Bu narxlar sun’iy ravishda ko‘tarilishining oldini olishga yordam beradi.
Men hozir aniq aytolmayman, ammo yaqin 10 kunlik ichida narxlarda o‘zgarish bo‘ladi”, – dedi Farrux Qoraboyev. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi