Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, suhbat davomida mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Ikki tomonlama savdo hajmining ortishiga ko‘maklashish, sanoatda yangi kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, ikki mamlakat tranzit salohiyatidan samarali foydalanish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish maqsadida hamkorlikning institutsional mexanizmlarini faollashtirish muhim ekani ta’kidlandi.
O‘zbekiston va Eron yetakchilari Afg‘onistondagi bugungi vaziyatdan kelib chiqib mintaqa kun tartibi hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi yaqin muloqotni davom ettirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»