Dekabr oyida o‘zbekistonliklar bayramlar munosabati bilan 2 kun dam oladi

Dekabr oyida o‘zbekistonliklar bayramlar munosabati bilan 2 kun dam oladi
Foto: Shutterstock
Mehnat kodeksining 131-moddasiga asosan 8 dekabr – Konstitutsiya kuni bayram (ishlanmaydigan) kuni hisoblanadi.

“2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi prezident farmoniga asosan 2021 yil 31 dekabr – qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilangan.

2022 yil 1 yanvar ham yangi yil bayram (ishlanmaydigan) kuni hisoblanadi, 2 yanvar esa yakshanbaga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun, prezident farmoniga asosan Navro‘z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayrami hamda Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida qo‘shimcha va ko‘chirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar uch kundan kam bo‘lmagan muddatga belgilanadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar