
Foto: Instagram / @iman.k17
O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning nabirasi, Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova 30 noyabr kuni buvisi — Tatyana Karimova bilan tushgan suratini Instagram’dagi sahifasida e’lon qildi.
Surat O‘zbekiston birinchi prezidenti ko‘p yillar davomida faoliyat olib borgan Toshkentdagi Oqsaroy qarorgohida olingan. Ayni paytda ushbu qarorgohda Islom Karimov Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi joylashgan.
«Kelajakda Oqsaroy istalgan odam tashrif buyurib, tomosha qila olishi uchun muzeyga aylantiriladi», — deya izoh yozib qoldirgan suratda Imon Karimova.

Foto: Instagram / @iman.k17 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar