10:36 / 02.12.2021
1 873

O‘zbekistonda internetda ham jamoat xavfsizligini ta’minlash rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda internetda ham jamoat xavfsizligini ta’minlash rejalashtirilmoqda
«O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni imzolangani haqida xabar berilgan edi. Farmon bilan 2022—2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlangan.

Strategiya mamlakatda jamoat xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha huquqiy, uslubiy, ilmiy, tashkiliy choralarni ishlab chiqish va samarali amalga oshirishni o‘z ichiga olgan.

Unga ko‘ra, OAV, telekommunikatsiya tarmoqlari va internet tarmog‘idan foydalangan holda ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vakolatli davlat organlari xodimlarini obro‘sizlantirish holatlarining oldini olish va ularga barham berishning tashkiliy-huquqiy asoslari takomillashtiriladi.

Shuningdek, internet tarmog‘ida jamoat xavfsizligi uchun xavf tug‘diradigan tahdidlarni o‘z vaqtida aniqlash, oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha kompleks tashkiliy-metodik asoslar va harakatlar mexanizmlari yaratiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda internetda ham jamoat xavfsizligini ta’minlash rejalashtirilmoqda