17:05 / 04.12.2021
3 112

Mashinasi yo‘q kishiga YHXB jarima yozdi

Mashinasi yo‘q kishiga YHXB jarima yozdi
Foto: MIB
Fuqaro A.To‘xtasinov ijtimoiy tarmoq orqali murojaat qilib, haydovchilik guvohnomasi bo‘lmasada, unga nisbatan IIB organlari huquqbuzarlik to‘g‘risida qaror chiqarib, ushbu qaror asosida MIB tomonidan cheklovlar joriy etilganligi haqida ma’lum qilgan.

Aniqlanishicha, Toshkent shahar IIBB YHXBning qaroriga asosan qarzdor A.Tdan 223.000 so‘m jarima undirish to‘g‘risidagi hujjat MIBga kelib tushgan.

O‘rganishda fuqaro A.T nomida avtotransport mavjud emasligi, biroq unga tegishli pasport ma’lumotlari asosida IIB YHXBning qarori kelib tushganligi sababli, MIB tomonidan qonuniy harakat olib borilganligi aniqlangan.

Holat kelib chiqishiga esa, texnik xato sabab bo‘lgan, ya’ni fuqaro G.D sodir etgan huquqbuzarlikni rasmiylashtirish jarayonida uning pasportidagi 8 o‘rniga 5 raqami kiritilishi oqibatida ma’lumotlar bazasiga A.T kirib qolishiga, pirovardida G.D sodir etgan huquqbuzarlik A.T nomiga rasmiylashib qolgan.

Fuqaroga IIB organlariga murojaat qilishi lozimligi tushuntirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mashinasi yo‘q kishiga YHXB jarima yozdi