
Ma’lumot berilishicha, Mi-8 harbiy vertolyoti 100 metrcha balandlikda chegarani kesib o‘tgan va Belarus hududiga 1 km ichkariga kirgan.
Ukrainaning Mi-8 harbiy vertolyoti mashg‘ulotlar vaqtida Belarus davlat chegarasini buzib kirdi. Bu haqda Belarus davlat chegara qo‘mitasi xabar berdi.
“Bugun, 4 dekabr kuni soat 12larda Belarus-Ukraina chegarasining “Novaya Rudnya” o‘tkazuv punkti atrofida Belarus Respublikasi havo sarhadi Ukraina tomonidan buzilgani qayd etildi”, – deyiladi xabarda.
Qo‘mitaning ma’lumot berishicha, Ukrainaning Mi-8 harbiy vertolyoti 100 metrcha balandlikda davlat chegarasini kesib o‘tgan va Belarus hududiga 1 km ichkariga kirgan.
“Ukraina tomoni ushbu hodisa to‘g‘risida xabardor qilindi”, – deb ma’lum qilgan Belarus davlat chegara qo‘mitasi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar