Yangi yil dasturxonidagi qanday taomlar hazm qilishga kuchli ta’sir qilishi mumkin? Gastroeterolog, diyetolog, tibbiyot fanlari nomzodi Irina Berejnaya bu haqda RT ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Shifokorning fikricha, Yangi yil dasturxonidagi xavfli taomlar - bu tarkibida ko‘p miqdorda yog‘li qo‘shimchalar bo‘lgan salatlardir.
“Tarkibida mayonez bo‘lgan taomlar organizm uchun foydali emas. Biz sevib iste’mol qiladigan olive salati ham organizm uchun yetarlicha xavfli, hazmi og‘ir taomlar sirasiga kiradi” – deydi Berejnaya.
Oshqozon, jigar faoliyatiga nafaqat salatlar, balki mayonez, pishloq, yong‘oq qo‘shilgan har qanday taom yomon ta’sir qilishi mumkin. Qovurilgan go‘sht esa organizmni batamom “qiynab qo‘yadi”.
Gastroenterolog tarkibida hazmi yengil mahsulotlar bo‘lgan salatlar, gazaklarni iste’mol qilishni tavsiya qildi. “Og‘ir” taomlarni esa Yangi yilning birinchi kunlari iste’mol qilgan ma’qul.
“Agar shunday qilsak, organizmga ancha foydali va xavfsiz bo‘ladi. Kam miqdorda taom iste’mol qilsak, organizm ko‘tara oladi. Shuni yodda tutish kerakki, odatda tungi soat 12 dan so‘ng ovqatlanishni boshlaymiz va deyarli jismoniy harakat qilmaymiz”- deya xulosa qildi gastroenterolog. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»