07:53 / 11.12.2021
1 668

Jurnalistlar Muratov va Ressa Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishdi

Jurnalistlar Muratov va Ressa Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishdi
Foto: «TASS/Sergey Bobilev»
Rossiyalik jurnalist Dmitriy Muratov, «Novaya gazeta» bosh muharriri va filippinlik jurnalist Mariya Ressa 2021 yil uchun tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlarining medal va diplomlari bilan taqdirlanishdi. Marosim 10 dekabr kuni Norvegiya poytaxti shahar ratushasida bo‘lib o‘tdi hamda mukofotning YouTube videoxostingidagi rasmiy kanalida namoyish etildi.

Muratov va Ress 8 oktabr kuni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlanishga qaror qilingandi.

Dmitriy Muratov — rossiyalik jurnalist, teleboshlovchi, «Novaya gazeta» asoschilaridan biri va bosh muharriri. U Rossiya Federatsiyasi tarixida birinchi bo‘lib Tinchlik uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Sobiq Ittifoq davrida u huquq himoyachisi Andrey Saxarov va SSSRning birinchi prezidenti Mixail Gorbachyovga topshirilgan.

Mariya Ressa — jurnalist va yozuvchi, yangiliklari va tekshiruvlar yoritiladigan Rappler sayti hammuassisi hisoblanadi. U taxminan 20 yil davomida Janubi-Sharqiy Osiyoda yetakchi tadqiqotchi muxbir sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangani uchun Muratovni tabrikladi. Rossiya rahbari jurnalistning Nobel mukofotini xayriya ishlariga, jumladan, bolalar xospisiga bag‘ishlagani haqidagi so‘zlariga e’tibor qaratdi. 2021 yilda laureatlar 10 million shved kroni (taxminan 12 milliard so‘m) oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jurnalistlar Muratov va Ressa Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishdi