Lavlagi - eng foydali va hamyonbop sabzavot. Unda betanin, betain, kaliy va kalsiy tuzlari va yod, kletchatka kabi inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan moddalar mavjud, deydi Integraktiv Nutritsiologiya Xalqaro Instituti ilmiy bo‘limi boshlig‘i Kseniya Boroda, “Praym” agentligiga bergan intervyusida. Uning so‘zlariga qaraganda, 1 kg lavlagining o‘rtacha narxi 34 rubl.
“Bundan tashqari, lavlagi kapillyarlar holatini yaxshilaydi, qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi, qon bosimini pasaytiradi va ich ketishini me’yorlashtiradi. Xom lavlagi tarkibiga kiradigan betain osteoporoz, Alsgeymer kasalligi, ateroskleroz, yurak patologiyalari, kamqonlik, mastopatiya – ko‘krak bezi kasalliklari bilan kurashishga yordam beradi. Lavlagiga o‘ziga xos to‘q qizil rang beradigan betatsianin moddasi kuchli antioksidant hisoblanadi”, deydi mutaxassis.
Ammo, shifokorning so‘zlariga ko‘ra, oshqozon-ichak kasalliklari, qandli diabet bilan kasallangan insonlarga ushbu sabzavotni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...