Toshkent shahri Chilonzor tumanida 12 dekabr kuni 8 ta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi.
Foto: Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi
Ma’lum qilinishicha, shu kuni soat 15:00 da tumanning Do‘mbirobod chorrahasida 70-son marshrut bo‘yicha harakatlanuvchi Isuzu avtobusi haydovchisi harakat paytida boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda Labo, Spark, 2 ta Nexia-3, 2 ta Matiz va Lacetti avtomobillari to‘qnashuviga sababchi bo‘lgan. Qayd etilishicha, YTH oqibatida avtobus va Labo haydovchisiga badan shikastlari yetgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
«Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tergovoldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda», — deyiladi xabarda.
Foto: Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi
Foto: Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi
Foto: Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas