13:00 / 13.12.2021
1 664

Davlat dasturlari ijrosini nazorat qilish bo‘yicha shtablar tuziladi

Davlat dasturlari ijrosini nazorat qilish bo‘yicha shtablar tuziladi
Foto: Forbes.ua
Davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, 2022 yildan boshlab har yili 1 aprelgacha joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasining holati, yangi loyihalarni amalga oshirish zarurati va ularning joylashuvi, shuningdek, ushbu masalalar bo‘yicha keng jamoatchilik fikri o‘rganiladi.

1 maygacha loyiha-qidiruv ishlarini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar buyurtmachilar kesimida shakllantiriladi. Yil yakunigacha kelgusi yillar uchun dastur tasdiqlanib, unga kiritilgan loyihalar bo‘yicha tanlov (tender)lar e’lon qilinadi. Bunda, dasturga loyiha (loyihaoldi) hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilmagan loyihalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

2022 yil 1 yanvardan konsolidatsiyalashgan budjet mablag‘lari va boshqa markazlashgan manbalar hisobidan xarajatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarish quyidagi hollarda taqiqlanadi: moliyalashtirish manbai aniq bo‘lmaganda; loyiha hujjatlari (ishchi loyiha, ish hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlari) mavjud bo‘lmaganda yoki ular qurilish-montaj ishlari bilan bir vaqtda tayyorlanganda, ya’ni parallel ravishda olib borilganda; pudratchi (loyihachi) tashkilotlar tanlov (tender) o‘tkazilmasdan tanlab olinganda.

Davlat dasturlari shakllantirilishi va ijro etilishini, shuningdek, ushbu dasturlar doirasida mablag‘lar maqsadli ishlatilishini nazorat qilishning yangi tizimi joriy etiladi. Bunda, davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabi, hududiy shtablar hamda tuman (shahar) shtablari tuziladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat dasturlari ijrosini nazorat qilish bo‘yicha shtablar tuziladi