2 152
Ipoteka krediti evaziga fuqarodan 2 ming dollar talab qilgan bank bo‘limi boshlig‘i ushlandi
Foto: IIV
Toshkent shahrida fuqaroga pul evaziga kredit ajratib berishni taklif qilgan bank xodimi ushlandi, deya xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 7 dekabr kuni IIVga fuqaro J.M. ariza bilan murojaat qilib, arizada Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan to‘liq qurib bitkazilmagan ko‘p qavatli uylardan xonadonni ipoteka krediti asosida sotib olish maqsadida «Mikrokreditbank» ATB Toshkent filialiga borgan.
Ammo bankning «Chakana xizmatlar» bo‘limi boshlig‘i Z.Sh. uning nomiga 7 yil muddatga imtiyozli ipoteka krediti ajratib berish evaziga 2 ming AQSH dollari berishini aytib, pullarni uning tanishi X.Y.ga berib qo‘yishni aytgan.
Shundan so‘ng, J.M.ning arizasiga asosan Toshkent shahar Chilonzor tumani 2-mavzesi Arnasoy ko‘chada X.Y. ariza muallifidan 2 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan hamda Z.Sh. ham qo‘lga olinib, surishtiruvga jalb qilingan.
X.Y. va Z.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi