
Andijonning Paxtaobod tumanidagi oilada kelib chiqqan janjal oqibatida profilaktika inspektori pichoqlandi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali efirida ma’lum qilindi.
Hodisa 9 dekabr kuni bo‘lgan. Er-xotin o‘rtasidagi tortishuv vaqtida profilaktika inspektori vaziyatni o‘nglashga harakat qiladi, ammo jahl ustidagi er qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan xodimni pichoqlab qo‘ygan.
Xodimning so‘zlariga ko‘ra, unga oilaviy mojaro haqida xonadonning qo‘shnisi xabar bergan. Spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan erkak inspektorning bo‘yin qismiga zarba berib jarohatlagan.
Shifokorlarning sa’yi-harakati natijasida profilaktika inspektorining hayoti saqlab qolindi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar