1 360
Toshkentda yo‘nalishsiz taksi xizmati ko‘rsatish tizimi to‘liq elektromobillarga o‘tkaziladi
Toshkent shahrida yo‘nalishsiz taksi tizimini takomillashtirish rejalashtirilmoqda. Bu Toshkent shahar transporti va yo‘l-transport infratuzilmasini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2022-2025 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.
Xususan, yo‘nalishsiz taksi xizmati ko‘rsatiladigan harakat tarkibini to‘liq elektromobillar va boshqa ekologik toza, “yashil” transport turlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish mo‘ljallanmoqda.
Bunda, yo‘nalishsiz taksi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan elektromobillar xarid qilinishini rag‘batlantirish maqsadida jalb qilinadigan bank kreditlari foizlarining yarim qismini Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qoplash mexanizmini joriy etish bo‘yicha tegishli hukumat qarori ishlab chiqiladi va qabul qilinadi.
Shuningdek, yo‘nalishsiz taksi xizmati faoliyatiga ruxsat beruvchi litsenziya varaqalarining amal qilish hududini belgilash ko‘zda tutilmoqda.
Yo‘nalishsiz taksi faoliyati uchun har bir hududiy transport boshqarmasi tomonidan berilgan litsenziya varaqalarida faoliyat hududini aks ettirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritiladi.
Bundan tashqari, yo‘nalishsiz taksi faoliyatini raqamlashtirish ham nazarda tutilgan.
Yo‘nalishsiz taksi haydovchilari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni o‘zida jamlagan ma’lumotlar bazasi yaratiladi.
Shakllantirilgan ma’lumotlar bazasi “Elektron hukumat” doirasidagi axborot tizimlari hamda O‘zbekiston fuqarosining identifikatsiya ID-kartalari axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.
O‘zbekiston fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi orqali yo‘nalishsiz taksi haydovchilari to‘g‘risidagi barcha kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratiladi.
Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan haydovchini reys oldi tibbiy ko‘rigidan o‘tkazish uchun inson omilisiz tibbiy ko‘rikning elektron tizimi uskunalari o‘rnatiladi.
Toshkent shahri aholisi va mehmonlarining talablaridan kelib chiqib, ziyorat turizmining jozibadorligini yanada oshirish ham rejalashtirilgan.
Bunda, aholi gavjum joylarda, vokzal va aeroportlarga tutash hududlarda alohida yo‘nalishsiz taksi to‘xtash joylari tashkil qilinadi.
Yo‘nalishsiz taksilarda hamda buyurtma asosida xizmat ko‘rsatadigan transport vositalarida “Standart”, “Biznes”, “Ekonom”, “Komfort” turlari joriy etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)