Foto: Xalq ta’limi vazirligi
O‘zbekistonning 12 hududiga bolalar uchun atalgan «Prezident sovg‘alari» jo‘natildi, deya xabar qilmoqda Xalq ta’limi vazirligi.
Yil so‘ngida an’anaga ko‘ra Respublika bo‘ylab Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar uchun «Prezident archasi» tadbiri o‘tkaziladi.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tayyorlangan «Prezident sovg‘asi» tarkibiga shirinliklar, o‘quv qurollari va Bolalar ensiklopediyasidan iborat 21 turdagi sovg‘alar kiritilgan.
Shuningdek, 2021 yilda Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, Oilaviy bolalar uylari hamda SOS bolalar mahallalarining 12 yoshdan katta bo‘lgan 980 nafar tarbiyalanuvchi uchun zamonaviy planshet ham sovg‘alar tarkibiga kiritildi.
Foto: Xalq ta’limi vazirligi
Shunday qilib, 2021 yilda yilda 9070 dona «Prezident sovg‘asi»dan tarkib topgan sovg‘alar tayyorlanib, hududlarga yuborildi.
«Prezident sovg‘asi» respublikaning 10 hududiga «O‘zbekiston havo yo‘llari» orqali, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent viloyatlariga esa davlat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining kuzatuvi ostida avtotransport orqali yetkaziladi.
O‘zbekiston prezidentining bayram tabrigi hamda sovg‘alari hududiy hokimliklar ishtirokida 2021 yilning 29–30 dekabr kunlari o‘tkaziladigan «Prezident archasi» tadbirlarida bolalarga tantanali topshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi