Buxoroda «Cobalt» kanalga tushib ketdi

Hodisa 26 dekabr kuni Buxoro viloyati, Vobkent tumani «Nayman» mahallasida sodir bo‘lgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi. «Cobalt» rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotish natijasida «Shoxrud» suv kanaliga tushib ketgan.
Mashina kanalga tushishidan oldin haydovchi salondan sakrab qolganligi uchun tan jarohati olish va halok bo‘lish holati yuz bermagan.
Voqea joyiga zudlik bilan FVVning viloyat boshqarmasi qutqaruvchilari va Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari yetib kelgan. Bir soat davomida g‘avvoslar va maxsus texnika yordamida avtomashina kanaldan olib chiqilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Mashina kanalga tushishidan oldin haydovchi salondan sakrab qolganligi uchun tan jarohati olish va halok bo‘lish holati yuz bermagan.
Voqea joyiga zudlik bilan FVVning viloyat boshqarmasi qutqaruvchilari va Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari yetib kelgan. Bir soat davomida g‘avvoslar va maxsus texnika yordamida avtomashina kanaldan olib chiqilgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…