15:10 / 30.12.2021
1 325

Piyoda yurgan o‘zbekistonliklarga bir yilda qariyb 4 mln dollar to‘landi

Piyoda yurgan o‘zbekistonliklarga bir yilda qariyb 4 mln dollar to‘landi
«Sog‘lom turmush tarzi» platformasi foydalanuvchilariga shu kungacha qancha mablag‘ to‘lab berilgani ma’lum bo‘ldi. Turizm va sport vazirligi tegishli xabar bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, «Sog‘lom turmush tarzi» platformasi 2020 yil 30 oktabrdagi «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoniga muvofiq tashkil etilgan.

www.1hls.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tgan va 18 yoshdan katta bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni 1 million 200 mingdan oshdi. Platforma foydalanuvchilari soni 1 million 209 ming 77 nafarni tashkil qilmoqda. Shundan 757 ming 680 nafari erkaklar, 451 397 nafari esa ayollardir.

Ma’lum qilinishicha, platforma foydalanuvchilariga shu kunga qadar 43 milliard 45 million 953 ming so‘m (taxminan 4 million dollar) miqdorida mablag‘lar to‘lab berilgan.

Avvalroq, Turizm va sport vazirligi «Sog‘lom turmush tarzi» platformasi faoliyati to‘xtalganiga oid xabarlar asossiz ekanligi bo‘yicha rasmiy munosabat bergandi.

Vazirlikning sport yo‘nalishidagi saytida 1hls.uz mobil ilovasi foydalanuvchilariga pul to‘lash vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi.

«Biroq axborot xizmati xodimi maqolada asossiz va tasdiqlanmagan ma’lumot bergani bois aholi orasida bu borada tushunmovchilik paydo bo‘lgan», deyilgan vazirlik tomonidan tarqatilgan keyingi ma’lumotda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Piyoda yurgan o‘zbekistonliklarga bir yilda qariyb 4 mln dollar to‘landi