16:56 / 04.01.2022
2 106

Erini yolg‘on bilan o‘ziga jalb qilmoqchi bo‘lgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Erini yolg‘on bilan o‘ziga jalb qilmoqchi bo‘lgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkent viloyatining Qibray tumanida ayolning turmush o‘rtog‘ini o‘ziga jalb qilish uchun o‘ylab topgan yolg‘oni jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 22 dekabr kuni tumanning Sangak ko‘chasida yashovchi 23 yoshli Sh.D. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Unda aytilishicha, shu kuni soat 13:00 larda kepka kiyib, yuziga tibbiy niqob taqqan va o‘tkir tig‘li jism bilan qurollangan ikki noma’lum shaxs u yashayotgan uyiga devor oshib kirgan.

So‘ng unga va qo‘lidagi 7 oylik bolasiga nisbatan o‘tkir tig‘li jism bilan tahdid qilib, shikast yetkazish bilan qo‘rqitgan. Xonadonda bo‘lgan pul va moddiy qimmatliklarni talab qilib, jami bahosi 19 million so‘mlik tilla buyumlar, 110 dollar va 1,1 million so‘mni olib, hodisa joyidan yashiringan.

Arizaga asosan noma’lum shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan dastlabki tergov davomida ushbu jinoyatni hech kim sodir etmagani, uni xonadon egasi Sh.D. reja asosida qasddan o‘zi uyushtirgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol shu yo‘l bilan turmushi davomida unga befarq bo‘lib, e’tibor bermayotgan erini o‘ziga jalb qilishni maqsad qilgan.

Mazkur jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandidan 237-moddasi 1-qismi (yolg‘on xabar berish)ga qayta malakalanib, shu kuning o‘zidayoq Sh.D. gumonlanuvchi tariqasida jinoyat ishiga jalb qilingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Erini yolg‘on bilan o‘ziga jalb qilmoqchi bo‘lgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi