Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga fuqaro Bomuradov Bobir Hodiyevich (Bobur Bobomurod) ning she’riy asarlarga nisbatan mualliflik huquqlari buzilganligi hamda unga tegishli bo‘lgan «Farhod va Shirin» tovar belgisidan huquq egasining roziligisiz hech qanday shartnoma tuzilmasdan foydalanilayotganlik holati yuzasidan tegishli chora ko‘rish to‘g‘risidagi murojaati kelib tushgan.
Qayd etilishicha, murojaatda keltirilgan holatlarni o‘rganish jarayonida fuqarolar S.F. hamda Z.Sh. tomonidan muallif B.Bobomurodovga tegishli bo‘lgan «Qalbim bahori», «Hayot» nomli she’riy asarlarni muallif bilan hech qanday shartnoma tuzilmasdan huquq egasining ruxsatisiz barchaning e’tiboriga yetkazilganligi va omma oldida ijro etilganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, Agentlik tomonidan B.Bobomurodov tomonidan taqdim etigan hujjatlarni o‘rganish natijasida yuqorida keltirilgan fuqarolar tomonidan o‘z xonandalik faoliyatida foydalanilayotgan «FARHOD va SHIRIN» iborasi B.Bobomurodovga tegishli bo‘lgan MGU 43187-son «FARHOD va SHIRIN» tovar belgisi bilan o‘xshashligi aniqlangan.
Shunga asosan, fuqaro S.F. hamda Z.Sh.ning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasining birinchi qismida va 1771-moddasining birinchi qismida belgilangan asardan qonunga xilof ravishda foydalanish holati hamda huquq egasiga tegishli bo‘lgan tovar belgisidan o‘z xonandalik faoliyatida foydalanayotganligi sababli Agentlik tomonidan holat bo‘yicha ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda