1 276
Yana bir «Malibu» haydovchisi inspektor talabiga bo‘ysunmadi va ko‘prik ustida to‘xtatildi
Foto: IIBB axborot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda "Malibu" rusumli avtomashina YPX inspektorining qonuniy talabiga bo‘ysunmagani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 9 yanvar kuni taxminan soat 21:45 larda Toshkent shahar Chilonzor tumani Gavhar ko‘chasida xizmat olib borayotgan IIBB YHXB YPX inspektori katta serjant A.Ismoilov tomonidan "Malibu" rusumli avtomashinaga hujjatlarini tekshirish maqsadida hushtak va jezl tayoqchasi yordamida to‘xtash ishorasi berilgan. Avtomashina haydovchisi YPX inspektorining to‘xtash haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmay harakatini davom ettirgan.
YPX inspektorlarining ko‘rgan tezkor chora-tadbirlari natijasida avtomashina Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasida joylashgan ko‘prik ustida to‘xtatilgan hamda haydovchi tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan boshqa og‘irroq oqibatlarning oldi olingan.
Aniqlanishicha, avtomashinani boshqargan 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro R.A.ning haydovchilik guvohnomasi, avtomashinani boshqarish uchun ishonchnoma va avtomashina oynalarini qoraytirish uchun tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan.
Haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 126- (“Ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish”), 135- (“Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi”), 194-moddalariga (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar