Toshkentda andijonlik taksichi o‘ldirib ketildi

Ijtimoiy tarmoqlarda andijonlik taksichi Toshkent viloyatida o‘ldirib ketilgani haqida xabar tarqaldi. Holat bo‘yicha Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, 8 yanvar kuni Andijon viloyati, Shahrixon tumanida yashovchi fuqaro O.Latipova tuman IIBga murojaat qilib, 7 yanvar kuni uydan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan 1991 yilda tug‘ilgan farzandi M.Otaxonovni topishda amaliy yordam so‘ragan.
M.Otaxonov «Kobalt» rusumli avtomashinasida «Andijon-Toshkent» yo‘nalishida qatnab, aholiga pullik transport xizmati ko‘rsatib kelgan.
M.Otaxonov 7 yanvar kuni soat 17:55 lar atrofida Shahrixon tumanidagi avtoturargohdan bir fuqarodan 11.650 AQSH dollarini Toshkent shahridagi tanishiga olib borib berish uchun olgan hamda notanish bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchilar birga o‘z avtomashinasida Toshkent shahri yo‘nalishida ketib, bedarak yo‘qolgan.
M.Otaxonovni qotillik qurboni bo‘lishi mumkinligini inobatga olib, Shahrixon tuman prokuraturasi tomonidan 9 yanvar kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va malakali tergov-tezkor xodimlardan iborat tarkibda tuzilgan tergov guruhi tomonidan tergov harakatlari olib borilgan.
Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida M.Otaxonovning murdasi 9 yanvar kuni Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi avtoturargohda «Kobalt» rusumli avtotransport vositasining yukxonasidan qotillik alomatlari bilan topilgan.
Jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor tadbirlar natijasida 3 nafar gumonlanuvchi Qo‘qon shahar hududidan ushlangan va tergovga jalb qilingan. Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar 0
…