Qashqadaryoda hovlida turgan «Cobalt» portlab ketdi

Qashqadaryoda hovlida turgan «Cobalt» portlab ketdi
2021 yil 4 dekabr kuni Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani, Qorabog‘ qishlog‘ida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro O‘.L.ning yashash uyi hovlisida turgan o‘ziga tegishli bo‘lgan «Cobalt» rusumli avtomobilga o‘rnatilgan gaz ballonida portlash sodir bo‘lgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositasiga zarar yetgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Muborak tuman FVB hamda IIB tergov bo‘limi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar