Ayni kunlarda Qonunchilik palatasida «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi» qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilash yuzasidan qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.
Bunday qonun jamiyatning axborot olish huquqini ta’minlash, aholi, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari faoliyati, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy sohalarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligi samaradorligini oshirishda qo‘l keladi. Bu haqda qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘z telegram kanalida shunday izoh qoldirgan:
«Ta’kidlash kerakki, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmagan edi.
Yangi taklif etilayotgan loyihaga ko‘ra, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, jumladan, ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxatiga kiritilgan ma’lumotlarni e’lon qilmaslik yoki to‘liq e’lon qilmaslik, e’lon qilish muddati va tartibini buzish yoki ma’lumotlarni noto‘g‘ri ko‘rsatish mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda, agar shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi nazarda tutilmoqda.
Bunday huquqbuzarliklar bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzib, sudga yuboradi.
Jamoatchilikning ko‘plab muhokamalariga sabab bo‘lib kelayotgan, kutilgan qonunning parlamentda ko‘rib chiqilayotgani quvonarli hol, albatta. Endi davlat idoralari mas’ullari ochiqlik masalasiga yanada mas’uliyat bilan yondashishadi».
Ushbu qonun bilan ommaviy axborot vositalarining davlat hokimiyati va boshqaruv organining faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalana olishini ta’minlash, mavjud axborotni hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan holda joylashtirish, foydalanuvchining so‘rovi bo‘yicha axborotni taqdim etish tartibi va uni rad etish asoslarini mustahkamlab qo‘yish ayni muddaodir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi