Foto: DXX
Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining Chegara qo‘shinlari harbiy hizmatchilari hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi.
Unda Andijon tumanida yashovchi, 1992 y.t. fuqaro Xo‘jaobod tumaniga borib, qirg‘izistonlik narkokur’erlar tomonidan davlat chegarasidagi sim to‘siqlar va unga parallel ravishda o‘rnatilgan devor ustidan uloqtirib o‘tkazib berilgan 3 kg 860 gr «gashish» moddasini qabul qilib olgan vaqtida ushlandi.
Andijon viloyatida kuzatilgan yana bir holatda esa 1980 y.t., muqaddam bir necha bor sudlangan fuqaro yonida 110 dona flakonda «Tropikamid» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining Bojxona qo‘mitasi xodimlarini jalb etgan holda o‘tkazgan tezkor tadbirida Toshkent shahri tomon harakatlanib ketayotgan, Namangan shahrida yashovchi, 1987 y.t. fuqaro boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashina Qamchiq dovonida to‘xtatildi.
Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida va yukxonasida 1680 dona flakonda «Tropikamid» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda olib qo‘yildi.
Shuningdek, mazkur dori vositalari Toshkent shahrida yashovchi, 1984 y.t., muqaddam sudlangan fuqaroga olib ketilayotganligi ma’lum bo‘lib, u ham hibsga olindi.
Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi