18:07 / 20.01.2022
918

Endi 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar ham koronavirusga qarshi emlanishi ma’lum qilindi

Endi 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar ham koronavirusga qarshi emlanishi ma’lum qilindi
O‘zbekiston sharoitida 5 va 11 yoshli aholi qatlamini koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha alohida ko‘rsatma tayyorlandi. Bu haqda Koronavirusga qarshi ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, emlash jarayonlari to‘g‘risida bo‘lib o‘tgan brifingda Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston sharoitida 12 yoshdan yuqori bo‘lgan salkam 800 ming aholi koronavirusga qarshi emlandi. Endilikda 5 va 11 yoshgacha bo‘lgan aholi qatlami Pfizer vaksinasining 0,1 millilitr dozasi bilan emlanadi.

«Qachonki ko‘pchilik qismimiz, ya’ni aholining 70-80 foizini to‘liq emlash bilan qamrab olar ekanmiz, demak, biz vaziyatga ta’sir qila olamiz. Aks holda, vaziyat bizni boshqarishi mumkin», — deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov

Qayd etilishicha, 6 dozali vaksinani samarali ishlatish uchun 1 vaqtning ichida emlash punktlariga 18-20 nafar bolalarni yig‘ib olib, undan keyin vaksinalarni ishlatish nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 7 yanvar kuni O‘zbekistonda koronavirusning omikron shtammi aniqlangandi. Shundan buyon koronavirusga chalinganlar soni orta boshlayotgan edi. 8 yanvar kuni 369 kishida, 9 yanvarda 389 kishida, 10 yanvarda 425 kishida, 11 yanvarda 604 kishida, 12 yanvarda 714 kishida, 13 yanvar kuni 824 kishida, 14 yanvarda 876 kishida, 15 yanvarda esa 912 kishida, 16 yanvarda 1037 kishida, 17 yanvarda 935 kishida, 18 yanvar kuni 1214 kishida, 19 yanvar kuni 1307 kishida kasallik tasdiqlandi.

Shu sababli Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 15 yanvardan boshlab mamlakatda bir qator cheklovlar joriy etildi. Jumladan, turli tadbirlar tashkil etish taqiqlandi, emlanmagan xodimlar ishga qo‘yilmaydi. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ta’til davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlash choralari ko‘riladi. O‘zbekiston aeroportlarida koronavirusga qarshi majburiy test topshirish joriy etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar ham koronavirusga qarshi emlanishi ma’lum qilindi