Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 20 yanvar kuni fuqaro mashinaga pnevmatik qurol bilan o‘q uzdi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.
Foto: Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi
Qayd etilishicha, holat shu kuni soat 11:35 atrofida Mirzo Ulug‘bek tumanining Feruza dahasi Ulug‘bek ko‘chasining qatnov qismida sodir bo‘lgan. S.Z. ismli Spark haydovchisi (1990 yilda tug‘ilgan) tanishi, «VAZ-21099» mashinasi haydovchisi A.G.ni (1985 yilda tug‘ilgan) ko‘rib qolgan. U bilan oldin turmush o‘rtog‘ini rashk qilish oqibatida o‘zaro kelishmovchiligi bo‘lgan S.Z. mashinadan tushib, G.A. bilan gap talashgan.
U «Jiguli»ning g‘ildiragiga tepib, yonidagi pnevmatik quroldan avtomobilga bir marta o‘q uzgan. Buning ortidan hech kim jabrlanmagan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi