Foto: Videodan kadr
Navoiyda avtomobilini jarima maydoniga olib ketayotgan YPX xodimini kaltaklagan Matiz haydovchisi ushlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Viloyat IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi qilmishidan pushaymonligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, voqea 22 yanvar kuni soat 12:20 larda yuz bergandi. Viloyatning Navbahor tumani hududida xizmat olib borayotgan YPX xodimi Matiz haydovchisini to‘xtatgan. Tekshiruv davomida haydovchi yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishi va uning yonida kunlik yo‘l varaqasi mavjud emasligi ma’lum bo‘lgan.
Inspektor haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzib, avtomobilini vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga olib ketilayotganida haydovchi uning xizmat olib borishiga to‘sqinlik qilib, uni haqoratlab, tanasining turli joylariga qo‘l-oyog‘i bilan tan jarohati yetkazgan. Shundan so‘ng mashinasiga minib, voqea joyidan qochib ketgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlar natijasida haydovchi A.T. (1993 yilda tug‘ilgan) ekani aniqlangan va unga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi «a» bandi hamda 219-modda (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
«Ta’kidlash kerakki, fuqarolar o‘rtasida turli xil norozilik harakatlari keltirib chiqarmasligi uchun YPX inspektori unga nisbatan kuch ishlatmagan, hech qanday qarshilik ko‘rsatmagan. Bu esa uning tan jarohati olishiga sabab bo‘lgan», — deyiladi viloyat IIB munosabatida.
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning «Daryo»ga ma’lum qilishicha, YPX inspektorining ko‘z pastki qovog‘ida, bo‘yin orqa sohasi va o‘ng qo‘l to‘rtinchi barmoq-tirnoq falangasi sohalarida shilinmalari kabi tan jarohatlari Respublika sud-tibbiyot ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Navoiy filialining 23 yanvardagi ma’lumotnomasiga ko‘ra, yengil tan jarohati deb topilgan.
«Men YPX xodimini urganimdan juda ham afsusdaman. Bu narsa qayta takrorlanmaydi. Qilgan ishimdan pushaymonman», — degan haydovchi o‘z iqrorida.
«YPX inspektori ham avvalo inson. U ham kimningdir farzandi, kimningdir oila a’zosi. Uning sha’ni qadrsizlanishiga sabab bo‘lish, albatta, qonunda belgilangan tartibda javobgarlik keltirib chiqaradi. Sodir bo‘lgan holat barcha haydovchilarga dars bo‘lishi kerak», — deydi Navoiy viloyati IIB axborot xizmati rahbari O‘tkam Usmonov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas