
Taraqqiyot strategiyasida 7 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha, «Inson qadri uchun – 100 ta maqsad» belgilab olindi. Bu haqda 26 yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda ta’kidlandi, deya xabar bermoqda «Daryo».
«Taraqqiyot strategiyasida 7 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha, ‘Inson qadri uchun – 100 ta maqsad' belgilab olindi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun, 2022 yilning o‘zida umumiy qiymati 55 trillion so‘m va 11,7 milliard dollarlik 398 ta chora-tadbirni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda», – dedi prezident.
Davlat rahbari barcha sa’y-harakatlar, ajratilayotgan mablag‘lar mahalla va xonadonlargacha aniq yetib borishi va har bir oila farovonligini oshirishga xizmat qilishi shartligini ta’kidladi.
Inson QadriTaraqqiyot StrategiyasiUstuvor Yo‘nalishlarTa MaqsadShavkat MirziyoyevTrln So‘m O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar