1 418
Prezident: «Maktab ta’limini rivojlantirmasak, yoshlarimiz sharoit bor joylarga ketadi»
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28 yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Mamlakat kelajagi, barcha sohalar va loyihalar muvaffaqiyati bilimli insonlarga bog‘liq ekani ta’kidlandi.
«Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot bilimda. Maktab ta’limini rivojlantirsak, oliy ta’lim ham, ilm ham kelajakda rivojlanadi.
Hozir shu masalani qilmasak, nafaqat kechirmaydi, yoshlarimiz sharoit bor joyga ketadi.
Biz ko‘p vaqt yo‘qotdik, desak to‘g‘ri bo‘ladi. E’tibor bermadik. Agar kimda-kim maktab bu faqat Xalq ta’limi vazirligining ishi, deb o‘ylasa, bu juda xato fikr va xato yondashuv.
Butun elimiz bilan, butun jamiyatimiz bilan Xalq ta’limi vazirligiga e’tibor bermasak, qo‘ygan natijalarimiz bo‘lmaydi.
Bir kun emas, bir soat ham kechiksak, iqtisodiyotimizga, ertangi kunimizga, yoshlarimizga katta ziyon bo‘ladi», degan prezident. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi