Shavkat Mirziyoyev 26 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda sog‘liqni saqlash tizimi haqida gapirar ekan, vazir Behzod Musayevga eng avvalo pastga tushib ishlash kerakligini ta’kidladi.
«Mana (sobiq) vazir bironta shifoxonani bosh shifokorini tanimasdi. Toshkentnikini tanir edi, boshqa – Andijon, Qoraqalpog‘istonnikini tanimasdi. Sen hamma joynikini tanishing kerak. Qishloq shifokorlik punktining shifokorini ham tanishing kerak.
Xuddi mahallaga, pastga qanday tushgan bo‘lsam — shunday. O‘sha qishloq shifokorlik punkti sening mahallang. Birlamchi bo‘g‘imga tushish kerak. Men senga qancha o‘rgatyapman.
Endi sen ham buni eplolmasang, O‘zbekistonda tibbiyotni hech kim eplolmaydi, yopish kerak vazirlikni», — deydi davlat rahbari Behzod Musayevga qarata.
Ma’lumot uchun, 11 noyabr kuni sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev lavozimidan ozod etilgani va u O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga o‘tishi kutilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shu kunning o‘zida O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Behzod Musayev sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!