08:00 / 30.01.2022
926

Farg‘onada totalizator orqali bir ayolni 30 mln so‘mga chuv tushirgan shaxs ushlandi

Farg‘onada totalizator orqali bir ayolni 30 mln so‘mga chuv tushirgan shaxs ushlandi
Farg‘ona shahrida internet orqali bir ayolning ishonchiga kirib, uning pullarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxs ushlandi, deb xabar beradi viloyati IIB matbuot xizmati.

2021 yilning 30 dekabr kuni A.G. ismli ayol IIBga murojaat qilib, noma’lum shaxs bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishgani va u o‘zining ishonchini suiiste’mol qilish orqali internetda o‘ynaladigan tavakkalchilikka asoslanadigan o‘yin uchun 30 million so‘m pulini tushirib olganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni T.I. sodir etgani aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Qonunchilikka ko‘ra, bu kabi jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada totalizator orqali bir ayolni 30 mln so‘mga chuv tushirgan shaxs ushlandi