928
Mirziyoyev: «Biz inson omili bilan yashayapmiz, adolatli haqiqat bilan yashaganimiz yo‘q»
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 yanvar kuni Toshkent shahrida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimotida Inson qadri indeksi haqida so‘z yuritdi. Bu «Menimcha» ko‘rsatuvda namoyish etildi. Prezident bu indeks butun dunyoda bor ekanini aytib o‘tgan.
«Biz yakdillik bilan ishlamaymiz. Bizning eng katta kamchiligimiz – o‘ng qo‘l nima qilishini chap qo‘l bilmaydi. Nimaga fuqaro Sergeli tumanidan Mirzo Ulug‘bek shifoxonasiga kelishi kerak? Nimaga Surxondaryodan Toshkentga kelishi kerak? Bu – noto‘g‘ri. Biz go‘yoki ish qilyapmiz, lekin davlatdan tushgan e’tibor, pul va topshiriqning manzili yo‘q. Umumiy qilib yuribmiz hammamiz. Bu yaxshilikka olib kelmaydi. Bu odamlarning noroziligiga olib boradi. Tuman hokimlari qo‘liga qalam olib, o‘z mahallasining muammolarini ham bilmaydi. Mahalla raisining yaxshiligiga qarab, biz baho beryapmiz, lekin u omil emas», — deydi prezident.
Shavkat Mirziyoyev bu indeksda Janubiy Koreyani misol sifatida keltirdi.
«Ular indeks bo‘yicha ishlaydi. Shahar merida qaysi mahallada qaysi kolodes qanday ishlaganidan tortib, qaysi maktab qanday ishlaganicha indeks bor. Birinchi qaysi ko‘chaga borishimiz kerak, qaysi xonadonga kirishimiz kerak? Ana shuni bilsak, eng zaif joyimizni bilgan bo‘lamiz. Biz inson omili bilan yashayapmiz, adolatli haqiqat bilan yashaganimiz yo‘q», — deya qo‘shimcha qiladi davlat rahbari.
Eslatib o‘tamiz, 31 yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev huzurida 31 yanvar kuni Toshkent shahrida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti o‘tkazilgan edi. Dastlab aholi hayot darajasini mahallalar kesimida o‘rganish natijalari haqida ma’lumot berilgan.
Toshkent shahrida aholining hayot sifati, savodxonlik darajasi va umri davomiyligini qiyosiy baholaydigan Inson qadri indeksini joriy etish bo‘yicha taklif tayyorlangan. Buning uchun Chilonzor, Uchtepa, Sergeli va Yunusobod tumanlaridan bittadan mahalla tanlab olinib, aholi o‘rtasida 56 xil masala bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi