Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida Ruslanbek Davletovning ma’lum qilishicha, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bir qator yangi qonun loyihalari ishlab chiqilgan.
Ma’lum qilinishicha, shunday loyihalardan biri – “Oxirgi benefitsiar mulkdorlar yagona davlat reyestri to‘g‘risida”gi qonun loyihasi.
“Bu juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan qonun. Ofshorlar bilan bog‘liq. Ya’ni, biz juda ko‘p firmalarni bilamiz, muassisi kim, direktori kim. Lekin oxirigacha yetib bo‘lmaydi. Shuning uchun, qonun bilan bu narsaning oxiriga yetish kerak.
Oxirgi benefitsiar baribir yuridik shaxs emas, jismoniy shaxs bo‘ladi. Har qanday firmaning oxirida inson turadi. Shuning uchun, mana shu qonun loyihasini ham ishlab chiqdik. Buni ham jamoatchilik muhokamasiga beramiz. Qo‘llab-quvvatlansa, qabul qilinsa, juda foydasi bor”, – deydi adliya vaziri.
Uning qo‘shimcha qilishicha, "Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ham ishlab chiqilgan.
“Manfaatlar to‘qnashuvi, bilasizlar juda katta jarayonlar tenderlar bilan bog‘liq bo‘lgan, hokimlarning yaqinlari, farzandlari. Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga soladigan, hamma o‘qib tushunadigan, bir xil standart sifatida talab qilinadigan normalarning yo‘qligi uchun mana shu qonun loyihasini ham ishlab chiqdik. Juda yaxshi loyiha bo‘ldi. Hali jamoatchilikka taqdim qilolmadik. Chunki, vazirliklar bilan ishlayapmiz”, – dedi Ruslanbek Davletov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi