2022 yilning 7 fevral kuni soat 06:43da Bektemir tumani bo‘yicha IIO FMB Navbatchilik qismiga xabar kelib tushadi.
Unda noma’lum shaxs Bektemir tumani Suvsoz dahasi «Rohat» MFY 47-uy oldidagi avtoturargohda 65 yoshli T.R. o‘ziga tegishli bo‘lgan «Nexia-1» rusumli avtomashinasini qarovsiz, eshiklari qulflanmagan va kaliti o‘t oldirgichda qoldirganligidan foydalanib, avtomashinani noma’lum tomonga olib qochib, hodisa joyidan yashiringanligi ma’lum bo‘lgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni voyaga yetmagan 12 yoshli Sh.R. va 16 yoshli F.D.lar sodir etganliklari aniqlanib, olib qochilgan avtomashina Bektemir tumani Ohangaron shox ko‘chasi Chirchiq daryosi ustidagi avtomashinalar o‘tish uchun mo‘ljallangan ko‘prik ustida turganligi aniqlangan.
Holatga oydinlik kiritilganda, ko‘prik ustida avtomashinaning yoqilg‘isi tugab qolganligi, ushbu holatni sezgan shovvozlar avtomashinani tashlab yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtida, mazkur hududda xizmat vazifasini bajarib kelayotgan patrul post xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"