22:48 / 09.02.2022
1 677

DXX hokim o‘rinbosarining qo‘lga olinishi tafsilotlarini ochiqladi

DXX hokim o‘rinbosarining qo‘lga olinishi tafsilotlarini ochiqladi
Foto: DXX
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i qo‘lga olingani haqida avvalroq xabar berilgandi.

DXX xabariga ko‘ra, chorvachilik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, unga mazkur tuman hududidan 500 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga 40 ming AQSH dollari hamda mansabdor tanishlari orqali Muborak tumani hokimligining zahira yer fondidan 500 gektar yer maydoni olib berish evaziga 40 ming AQSH dollari, jami 1000 gektar yer uchun 80 ming AQSH dollari talab qiladi.

U so‘ralgan puldan 50 ming AQSH dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX hokim o‘rinbosarining qo‘lga olinishi tafsilotlarini ochiqladi